Foydalanish shartlari
1.Startup Market — startaplar, investorlar, xaridorlar va kompaniyalarni tanishtiruvchi axborot platformasi. Platforma pul mablag'larini qabul qilmaydi, saqlamaydi va o'tkazmaydi, qimmatli qog'ozlar taklif qilmaydi va investitsiya maslahati bermaydi.
2.Startap profilidagi barcha ma'lumotlar (raqamlar, raund shartlari, narx) founder tomonidan kiritiladi. «Tasdiqlangan» belgisi bo'lmagan raqamlar founder ma'lumoti hisoblanadi. Har qanday kelishuvdan oldin mustaqil tekshiruv (due diligence) o'tkazing.
3.Startapga investitsiya yuqori xavfli: mablag'ni to'liq yo'qotish mumkin. Kafolatlangan daromad va'da qiluvchi e'lonlar taqiqlanadi va o'chiriladi.
4.Investitsiya, sotib olish yoki xizmat shartnomasi tomonlar o'rtasida, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bevosita tuziladi.
5.Maxfiy e'lonlarga kirish so'rovini yuborish orqali foydalanuvchi olingan ma'lumotni sir saqlash va faqat kelishuvni baholash uchun ishlatish majburiyatini oladi.
6.Platforma staffi qoidalarni buzgan e'lon va hisoblarni to'xtatish yoki o'chirish huquqiga ega. UzCombinator portfeli belgisi faqat staff tomonidan tekshiruvdan so'ng beriladi.